“Gʻijduvon - Innovatsion hududi” logotipi yaratildi

    Tanlovda 100 dan ortiq ishtirokchilar oʻz mahoratlarini koʻrsatib faol ishtirok etishdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi 165-sonli Farmoniga asosan Gʻijduvon tumani ham innovatsion tuman etib belgilandi.

    2022-yil dekabr oyida Gʻijduvon tumani hokimligi tomonidan “Gʻijduvon tumani Innovatsion hudud” logotipini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilingan edi.

    Mazkur tanlovda 100 dan ortiq ishtirokchilar oʻz mahoratlarini koʻrsatib faol ishtirok etishdi. Gʻijduvon tuman hokimligining hayʼat aʼzolari fikriga koʻra tanlov ishtirokchisi Muhammaddiyor Tursunov gʻolib deb topildi.

    Joriy yilning 20-yanvar kuni tanlovning taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Faol ishtirokchilar tashakkurnoma va badiiy kitoblar toʻplamiga ega boʻlishdi va tanlov gʻolibiga 7 million soʻmlik vaucher topshirildi.