Bundan olmish yetti yil muqaddam shu maskanda taʼlim-tarbiya olgan kishi bugun uni taniy olmasligi tayin. Negaki, maskan binosi davlatimiz tomonidan ajratilgan 3 milliard 70 million soʻm mablagʻ evaziga “Qarxoni qurilish” MCHJ tomonidan qayta taʼmirlandi. Kichkintoylarning bolalik zavqu-shavqini surishlari, maʼlum bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etildi.

Bolalar maskani endilikda avvalgidek 50 emas, 120 nafar bolajonni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Maʼlumot oʻrniga shuni aytish joizki, tumanda 67 ta davlat, 3 ta davlat xususiy-sherikchiligi va 188 ta oilaviy shakldagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Hududda 3-7 yoshdagi bolalar 25465 nafar boʻlsa, bugungi kunda ularning 16438 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan.