Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yigʻilishda hududiy sport hamda taʼlim muassasalari rahbarlari faoliyati ham tanqidiy tahlil qilindi.
Kamchiliklarga yoʻl qoʻygan ayrim mutasaddilar lavozimdan ozod etilib, ayrim rahbarlar qatʼiy ogohlantirildi.
Xususan, Gimnastika boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Aziz Umaraliyev zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda oqsoqlikka yoʻl qoʻyganligi hamda faoliyatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari sababli uni lavozimdan ozod etish masalasi koʻrib chiqildi.
Shuningdek, oldingi hayʼat yigʻilishlarida ham bir necha marotaba ogohlantirilgan boʻlsada faoliyatida ijobiy oʻzgarish qilmagan sport maktablari mutasaddilari lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, ushbu yigʻilishda nomlari tanqidiy oʻqilgan sport maktablari direktor va oʻrinbosarlari soʻnggi bor qatʼiy ogohlantirildi.
Agar yil yakunigacha oʻzgarish boʻlmasa, ularga ham keskin choralar qoʻllanilishi taʼkidlandi.