12 yoshli qizcha hayotini saqlab qolgan noyob va murakkab neyroxirurgik amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi — bemorning gipotalamus sohasidagi xavfli oʻsmasi toʻliq olib tashlandi.

Ushbu operatsiya nafaqat tibbiyotimizning yangi bosqichga koʻtarilayotganini, balki doktor Sardor rahbarligida olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlarning amalda oʻz samarasini berayotganini tasdiqladi. Operatsiyada AQSH va Oʻzbekiston neyroxirurglari hamkorlikda ishtirok etib, yuqori aniqlik va teran bilim talab qiluvchi neyroquruv vazifalarini bajarishdi.

Murakkab amaliyotni muvaffaqiyat bilan bajargan olim biz bilan suhbati chogʻida quyidagilarni gchpirib berdi:

«-Gipotalamus – inson miyasining markaziy qismi boʻlib, u organizmdagi gormonal, vegetativ va emotsiyaviy jarayonlarni boshqaradi.

Ushbu sohada paydo boʻlgan oʻsmalar (tugʻma yoki soʻngida rivojlangan) odatda juda kichik boʻlsa-da, ogʻir funksional buzilishlarga olib keladi. Bemorlarda ishtaha va uyqu buzilishi, gormonal disbalans, tana haroratini nazorat qilishda muammolar, hatto koʻrishda yomonlashuv kuzatilishi mumkin.

Shu sababli ham, gipotalamusdagi oʻsmalarni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash neyroxirurgiyadagi eng murakkab va xavfli amaliyotlardan hisoblanadi. U nafaqat joylashuvining chuqurligi, balki unga yaqin joylashgan muhim markazlarning (gipofiz, vizual xiazma, talamus) shikastlanish xavfi bilan ham bogʻliq.

Tan olishim kerak amaliyot oson kechmadi. Ilmiy yondashuv va xalqaro tajriba — muvaffaqiyat kaliti ekaniga yana bir bor guvoh boʻldim.

Shuni taʼkidlashim doizki, mazkur amaliyot yuqori texnologik MRT tekshiruvi, gormonal tahlillar va neyronavigatsiya tizimi yordamida puxta rejalashtirildi.

Jarrohlik amaliyotida mikronog xirurgiq qurollar, stereotaksik tizimlar va mikroskoplardan foydalanildi.

Hamkorlikdagi neyroxirurglar jamoasi, jumladan doktor Sardor boshchiligidagi mahalliy mutaxassislar, operatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirib, oʻsmani toʻliq olib tashlashga erishdi. Bu jarayon bir necha soat davom etdi va bemor qon yoʻqotishisiz, barqaror holatda operatsiyadan chiqarildi.

Muhimi u hayotga qaytdi«.

Doktor Sardor — ilmiy amaliyotni hayotga tatbiq etayotgan bugungi kun shifokori:

Ushbu natija Toshkent davlat tibbiyot universiteti olimi Sardorning oxirgi yillardagi ilmiy izlanishlari va klinik amaliyotidagi tizimli yondashuvlarining mantiqiy davomidir. Uning gipotalamus oʻsmalari, asab toʻqimalarida regeneratsiya jarayonlari hamda mikroxirurgiya usullarini tatbiq etish sohasidagi ishlanmalari bugungi kunda nafaqat milliy, balki xalqaro doirada ham eʼtirof etilmoqda.

Operatsiyadan keyingi 3 kunlik kuzatuvdan soʻng qizaloq palataga oʻtkazildi. Hozirda u normal ishtaha va uyqu ritmi bilan hayotga qayta boshladi. Gormonal fon ham kuzatuvda, mutaxassislar bemorning toʻliq sogʻayib ketishini aytmoqdalar.

Xulosa

Bu operatsiya — yurtimiz tibbiyotidagi muhim bosqichida yosh olimlarning oʻz kasbiga kreativ yondashuvi va egallangan ilmiga sadoqati misoli hamdir. Gipotalamus oʻsmalari — hayot uchun xavfli boʻlishi mumkin, lekin bilim, mahorat va hamkorlik bilan u yengiladi.

Gulchehra Mirzayeva,

Toshkent davlat tibbiyot universiteti matbuot kotibi