“Gʻishtkoʻprik“ chegara postidan noqonuniy tarzda dori vositalarini olib oʻtayotgan fuqaro fosh boʻldi

    Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

    Qayd etilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy koʻrik natijasida ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, xorijda ishlab fuqaro oʻz tanasining oyoq qismlariga oldindan yashirib olingan 199 dona “Anaferon“ nomli dori vositalarini borligi fosh etildi.

    Eslatib oʻtamiz: Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida “Dorilar va farmatsevtika faoliyat haqida“ Qonuniga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.