Giyohvand modda savdosi bilan shug'ullanayotgan jinoiy guruh qo'lga olindi

    Toʻdaboshi avval ham xuddi shu jinoyati sabab 3 marotaba sudlanib, jazoga tortilgan.

    Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, giyohvand moddalar savdosini yoʻlga qoʻyib odamlarni ogʻu domiga tortgan jinoiy guruhning faoliyatiga chek qoʻyildi. Toʻdaboshi navbahorlik 54 yoshli M.N avval ham xuddi shu jinoyati sabab 3 marotaba sudlanib jazoga tortilgan. Insonparvarlik tamoyili asosida unga imkoniyat berilgan boʻlsada qingʻir ishiga yakun yasamadi.

    Probatsiya nazoratida boʻla turib hamtovoqlari orqali 200 gramm miqdordagi zahri qotilni bir nechta xaridorlariga 10 mln soʻmga pulladi.

    Mazkur toʻda aʼzolariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Xar qanday noqonuniy xatti harakatga qonun oʻz hukmini aytadi, albatta. Oʻz vaqtida toʻxtatib qolingan giyohvand modda qancha-qancha insonlar hayotini asrab qolgani shubhasiz.