Tadbir davomida tezkor kuzatuvga olingan fuqaro Sergeli tumani “Habibiy” mahallasidagi ko‘p qavatli uy oldidan shubhali harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning yonida 40 ta konvalyutada jami 400 dona kapsulada kuchli ta’sir qiluvchi moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu fuqaroning “Habibiy” mahallasidagi ijaraga olgan yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, uy ichida “zakladka” sifatida tarqatish uchun tayyorlangan, taxminan 835 gr “Gashish” giyohvandlik vositasi, 440 ta konvalyutada jami 4400 dona kapsulada “Zardeks” va 200 dona flakonda “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda ularni taqsimlab tarqatish uchun mo‘ljallangan 100 dona zip-paketchalar, 3 dona skotch va 1 dona elektron tarozi borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.