Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tadbir davomida, fuqaro E.A. 3 dona rangsiz polietilen paketga oʻralgan giyohvandlik vositasiga oʻxshash moddalarni shartli xaridorga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatilib qolindi.

Shundan soʻng, fuqaro A.E.ning xonadoni ham koʻzdan kechirilganida, u ixtiyoriy ravishda 14 dona rangsiz polietilen paketlarga oʻralgan giyohvandlik vositalarini taqdim qildi.

Holat yuzasidan jami 13,02 gramm “gashish” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Yana bir holatda fuqaro X.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirilganida, avtomashinada sof vazni 10,69 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.