Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. shartli xaridorga 2000 AQSH dollari evaziga, 55,20 gr “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.