Bu illat nafaqat alohida shaxslar hayotiga, balki butun jamiyat salomatligiga tahdid solmoqda. Giyohvandlik jinoyatchilik bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uning ildizlari chuqur ijtimoiy muammolarga taqaladi.

Mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash milliy xavfsizlik masalasi sifatida qaralmoqda. Chunki, giyohvandlik moddalarining tarqalishi bilan bog‘liq jinoyatlar boshqa jinoyatlar, jumladan, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, odam savdosi va terrorizm kabi xavfli holatlarni keltirib chiqaradi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvandlik moddalarini iste’mol qiluvchilarning aksariyati yoshlar ekanligi ayniqsa tashvishli holat hisoblanadi. Shuning uchun ham yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, ularga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

Giyohvandlikka qarshi kurash samaradorligini oshirish uchun kompleks yondashuv zarur. Bu jarayonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimi, mahalla va jamoat tashkilotlari hamkorlikda ish olib borishlari muhim ahamiyatga ega.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va jinoyiy javobgarlikka tortish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Biroq, faqat jazo choralarini qo‘llash bilan muammoni hal etib bo‘lmaydi. Giyohvandlikka qarshi kurashda profilaktika va davolash ishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Sog‘liqni saqlash tizimida giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan shaxslarni davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha maxsus dasturlar joriy etilmoqda. Bunday markazlarda bemorlar nafaqat tibbiy, balki psixologik yordam ham olmoqdalar.

Mahalla va jamoat tashkilotlari ham giyohvandlikka qarshi kurashda faol ishtirok etmoqdalar. Ular aholini, ayniqsa yoshlarni, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida xabardor qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazmoqdalar.

Ta’lim muassasalarida giyohvandlikning oldini olish mavzusida muntazam ravishda suhbatlar, seminarlar va boshqa ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu tadbirlar yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Xulosa qilib aytganda, bu masalada hamma - davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, oila va maktab hamkorlikda ish olib borishlari lozim. Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilangina bu muammoni hal etish va jamiyatimizni giyohvandlik illatidan himoya qilish mumkin.

 

Xazratali Qudratillayev,
  Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi