Tadqiqotga ko‘ra, dunyo bo‘ylab jismoniy faollikning pastligi o‘rtacha harorat 27,8°C dan oshadigan oylarda o‘rtacha 1,44 foizga oshadi. Bu ta’sir rivojlangan mamlakatlarga qaraganda past va o‘rta daromadli mamlakatlarda ko‘proq seziladi.
Jismoniy faollikning pasayishiga olib keladigan haddan tashqari issiqlik inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va 2050-yilga borib qo‘shimcha 470 000 tadan 700 000 tagacha o‘limga olib kelishi mumkin.
Olimlar shuningdek, bu holat mehnat unumdorligining yiliga 2,4–3,68 milliard dollarga pasayishiga olib kelishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Tadqiqot mualliflari sog‘liqni saqlash va iqtisodiyotga tushadigan yukni kamaytirish uchun issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, iqlimga moslashtirilgan shaharsozlikni joriy etish, iqlim nazorati ostidagi sport inshootlarini subsidiyalash va aholini yuqori haroratning xavfi haqida keng xabardor qilish zarurligini ta’kidlashdi.
Tadqiqot natijalari The Lancet ilmiy jurnalida chop etildi, deb xabar berdi kazinform.