Mehmonlarni samimiy qarshi olgan Sharof Rahmonov Hindiston tadbirkorlari bilan hamkorlik aloqalari rivojini taʼkidladi.
Iliq qabul uchun minnatdorlik bildirgan mehmonlar umumiy 71 million dollar qiymatga ega qator investitsion loyihalar bilan tanishtirdilar. Ular: koʻp tarmoqli shifoxonalarni qurish, tibbiyot universitetini, xalqaro bakalavriat kolleji va maktabini tashkil qilish, Yoshlar koʻnikmalarini rivojlantirish va tayyorlov Xalqaro markazini barpo etish, Oʻzbekistonda Xalqaro universitetni qurish.
Hokim oʻrinbosari hind kompaniyasining tashabbusini qoʻllab-quvvatlab, mehmonlarning barcha savollariga batafsil javob berdi. Taraflar shifoxonalarni joylashtirish variantlarini muhokama qilib, ularni Olmazor tumanidagi TTA bazasida qurish imkoniyatini koʻrib chiqdilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.