Unda Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Sh.Mahmudov, Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.Tashxodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi A.Murtazoyev, sportchilar va ularning trenerlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Jahon chempionatida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan Para taekvondo boʻyicha terma jamoa aʼzolari hamda ularning trenerlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.