— Bugun Yunusobod tumanida voleybol musobaqasini o'tkazyapmiz, — deydi fondning Toshkent shahar bo'limi raisi S.Karimov. — Shuningdek, Chilonzor va Sergeli tumanlarida ham mini-futbol musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Darvoqe, joriy yildan boshlab yangi loyihaga qo'l urdik. Endilikda musobaqalarga faqatgina fond xodimlari emas, balki ularning oila a'zolari ham ishtirok etishlari mumkin. O'ylaymanki, tashabbusimiz mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta'kidlash kerak, Yunusobod tumanidagi Sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik litseyda bo'lib o'tgan musobaqada fondning Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar iborat jamoa g'oliblikni qo'lga kiritdi.
“Mahalla” fondi
matbuot xizmati