Musobaqaning saralash bosqichlari dastlab hududlarda may oyida boʻlib oʻtdi.

Mamlakat chempionatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan jami 28 nafar havaskor shaxmatchi va shashkachilar gʻoliblik uchun dona surdi. Shaxmat boʻyicha 14 nafar ishtirokchi, yaʼni erkak notariuslar va xuddi shuncha ayol notariuslar shashka boʻyicha bellashdilar.

4 soat davom etgan turnir qizgʻin bahslarga boy kechdi.Musobaqa yakunida shaxmat boʻyicha faxrli 1-oʻrinni Andijon viloyati Boʻston tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Muqimjon Moʻydinov, shashka boʻyicha 1-oʻrinni Xorazm viloyati Xiva tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Gavhar Saʼdullayeva egalladi.

Shaxmat boʻyicha 2-oʻrinni Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Alisher Abdinazarov, shashka boʻyicha 2-oʻrinni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Nurjamal Mambetniyazova egalladi.

Tadbir soʻnggida gʻoliblarga Notarial palataning diplomlari va esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Shuningdek, har ikkala tur boʻyicha 1-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar Ukrainada boʻlib oʻtgan xalqaro sport festivaliga chiptani qoʻlga kiritdilar. 2-3 oʻrinlar sohiblari hamda faol ishtirokchilarga sanatoriylarga yoʻllanmalar berildi.