Uni tomoshabinlar hamisha tik turib olqishlaydilar, — deb xabar beradi “Gomelskiye vedomosti”.
U koʻp martalab rekordlarni qayd etgan va Ginnesning rekordlar kitobidan oʻrin olgan. Faxriddin Axnazarov oddiy odamlarga xos boʻlmagan tryuklarni bajara oladi: mixni qoʻli bilan yogʻochga qoqadi, tishida 500 kilogramm ogʻirlikdagi, jimjilogʻida esa 50 kilogramm ogʻirlikdagi giryani koʻtara oladi.
U Birlashgan Arab Amirligidagi gastrolida tishi bilan sakkizta ogʻir yuk avtomashinalarini joyidan siljitgan. Uni Amerikaning super yulduzi va Kaliforniyaning eks-gubernatori Arnold Shvarsnegger, AQSHning 43-Prezidenti Djordj Bush va boshqa dunyoning taniqli odamlari olqishlagan.