Do'kon Manxettenning Chelsi hududida joylashgan bo'lib, Google kampusining bir qismiga aylanadi. Do'konda  Pixel smartfonlari, Pixelbook noutbuklari, Fitbit sport bilaguzuklari, Nest aqlli uy qurilmalari va kompaniyaning boshqa mahsulotlari sotiladi. Do'konning ochilishi joriy yilning yoziga rejalashtirilgan.

“Google so'nggi 20 yil ichida N`yu-Yorkda faoliyat ko'rsatdi va biz do'kon ochilishini istiqbolimiz belgisi sifatida ko'rmoqdamiz. Xaridorlarimiz mulohazalari va do'kon haqidagi fikrlarini kutib qolamiz, bu bizning chakana savdo maydonchasi imokoniyatlarini o'rganish, bu boradagi tajribalarni davom ettirish, unga tayanishimiz uchun muhim”, — deb yozgan kompaniya vitse-prezidenti Jeyson Rozental` Google blogida.

Ta'kidlanishicha, do'konda Google qurilmalaridan foydalanish bo'yicha seminarlar o'tkaziladi va ta'mirlash xizmatlari ko'rsatiladi. Bundan tashqari, kompaniya mahsulotini Internet orqali buyurtma qilish va ushbu do'kondan olish mumkin bo'ladi.

Google ilgari N`yu-York va Chikagoda vaqtinchalik savdo nuqtalarini ochgandi, ammo Chelsidagi do'koni birinchi doimiy chakana savdo do'koni bo'ladi.