Google Isroil va G'azoda to'g'ridan-to'g'ri trafikni o'chirib qo'ydi

    Google kompaniyasi mintaqaviy mojarolar fonida Isroil va G'azoda jonli trafik tizimi o'chirib qo'yilishini ma'lum qildi.

    "Biz mintaqadagi mojaroli hamda o'zgaruvchan vaziyatga javoban mahalliy hamjamiyatning xavfsizligini hisobga olib, jonli transport sharoitlariga oid ma'lumotlarni ko'rish tizimini o'chirib qo'ydik", dedi Google vakili o'z bayonotida.

    Kompaniyaning ta'kidlashicha, Maps va Waze real vaqt rejimidagi tirbandlikni ko'rsatmasa-da, haydovchilar taxminiy borish ma'lumotlarini olishda davom etadi.

    Eslatib o'tamiz, kompaniya o'tgan yili Rossiya-Ukraina mojarosi fonida ham mazkur mintaqada huddi shunday amaliyotni amalga oshirgan edi.