Uning yordamida matnlarni skanerlash, qo'lda yozilgan eslatmalarni saqlash, tadbirlar kalendarini yaratish, o'simliklar va hayvonlarni aniqlash, matnlarni istalgan vositadan tarjima qilish, obyektlarni tanib olish mumkin.
Yaqinda ushbu keng imkoniyatlar ro'yxatiga terining holatini kuzatish funksiyasi ham qo'shildi. O'z sog'lig'iga e'tiborsiz bo'lmagan odamlar agar terida noodatiy xol yoki toshmalarni ko'rib qolishsa, mazkur ilovadan foydalanishlari mumkin. Bu xususiyat dermatolog bilan bog'lanish qiyin bo'lganda foydali bo'lishi mumkin.
Buning uchun kamera obyektivini terining muammoli joyiga yo'naltirish talab etiladi, shundan so'ng dastur ushbu rasm asosida tegishli havolani chiqaradi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, mazkur ilova Bard chatbotiga integratsiya qilinadi, u real vaqt rejimida foydalanuvchi so'rovlari bo'yicha fikr-mulohazalarni taqdim etadi.
Biroq Google Lensga butunlay ishonib qolish yaramaydi. Faqat dermatologning to'liq tekshiruvidan so'ng aniq tashxis qo'yilishi mumkin, deyiladi techcult.ru saytida.