Google ning yangi funksiyasi ishga tushadi

    Android-smartfonlarda Google foydalanuvchilarining harakatlanayotganda chalgʻimasligi uchun yon-atrofga qarashga undaydigan yangi Android funksiya ishga tushadi. Bu haqda “XDA Developers” nashri xabar berdi.

    Maʼlum boʻlishicha, yangi “Heads Up!” funksiyasi foydalanuvchilarning harakatlanishi paytida ishlaydi. Agar odam yurib ketayotgan va oʻz smartfonidan foydalanayotgan boʻlsa, qurilma vaqti-vaqti bilan ekranda “Qadamingizni kuzatib boring”, “Ogoh boʻling” va “Yuqoriga qarang” kabi qisqacha xabarlar chiqaradi.

    Taʼkidlanishicha, ushbu funksiya inson diqqati bilan tenglasha olmaydi, shu sababli “Google” kompaniyasi undan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerakligini taʼkidlagan. Funksiya hozirda “Google Pixel 4” smartfonining “Raqamli farovonlik” boʻlimi, “Diqqat” bandiga kiritilgan.