Oʻzgarish Geografik nomlar axborot tizimi (GNIS) — AQSH va uning nazoratidagi hududlarda joylashgan obyektlar haqidagi maʼlumotlar bazasi yangilangandan soʻng amalga oshirilishi haqida CNN kompaniya bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Shuningdek Google kompaniyasi rasmiy hukumat manbalarida yangilangan nomlarni oʻzgartirish boʻyicha oʻzining uzoq yillik amaliyotiga rioya qilishini maʼlum qilgan.

Kompaniyaning taʼkidlashicha, Alyaskadagi Denali choʻqqisini ham oʻz xaritalarida qayta nomlaydi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning 25-yanvar kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Meksika koʻrfazini Amerika koʻrfazi, Alyaskadagi Denali choʻqqisini esa Mak-Kinli deb nomlashni buyurgan edi.