Mol goʻshti 45 000 soʻmdan 85 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy dehqon bozori va Toshkent shahridagi markaziy bozorlarda kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg mol goʻshtining narxi 45 000 soʻmdan 49 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Qashqadaryo viloyati, Samarqand viloyati, Toshkent viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg mol goʻshti narxi 75 000 soʻmdan 85 000 soʻmgacha.

Qoʻy goʻshti 40 000 soʻmdan 86 990 soʻmgacha

Eng arzon narx qoʻy goʻshti sotuvi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Jizzax viloyati markaziy bozorlarida qayd etildi. U yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 40 000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha narxda xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu hafta Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi — 1 kg qoʻy goʻshti narxi 86990 soʻmdan 80 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti 10 000 soʻmdan 38 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston markaziy dehqon bozori hamda Urganch markaziy dehqon bozorida qayd etildi — 10 000 soʻmdan 15 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Toshkent shahri hamda Samarqand viloyati markaziy dehqon bozorlarida kuzatildi — 30000–38000 soʻm.

Guruch 3 000 soʻmdan 17 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qorqalpogʻiston Respublikasi dehqon bozori va Xorazm viloyati, Jizzax viloyati markaziy bozorlarida qayd etilgan — 3000–6000 soʻm.

Eng qimmat narx Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Navoiy viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatilgan — 16 000–17 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi 16 000 soʻmdan 25 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi Fargʻona viloyati, Xorazm viloyati, Buxoro viloyati markaziy bozorlarida kuzatildi. U yerda siz oʻsimlik yogʻini 16 000 soʻmdan 17 000 soʻmgacha narxda xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Toshkent viloyati markaziy dehqon bozorida qayd etilgan — 23 000 soʻmdan 25 500 soʻmgacha.

Un (mahalliy oliy navli un) 2800 soʻmdan 11 000 soʻmgacha

Eng arzon narxdagi mahalliy oliy navli un Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon viloyati, Fargʻona viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm mahalliy oliy navli un uchun 2600 soʻmdan 3000 soʻmgacha toʻlashingiz zarur.

Eng qimmat narx Toshkent viloyati markaziy bozorida qayd etildi — 11000 soʻm.

Mahalliy 1-navli un 1500-9000 soʻmgacha

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyati dehqon bozorlarida qayd etildi — bu summa 2600-2800 soʻmni tashkil qilmoqda.

1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Toshkent viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi — 9000 soʻmgacha.

Shakar 8000 soʻmdan 13 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Jizzax viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi — 8000–8500 soʻm.

1 kg shakar uchun eng qimmat narx Surxondaryo viloyatida kuzatilib, 13 500 soʻmgacha koʻtarilgan.

Tuxum 600 soʻmdan 1500 soʻmgacha

Respublikamiz bozorlarida eng arzon tuxum narxi Andijon viloyati, Namangan viloyati, Xorazm viloyati markaziy dehqon bozorlarida kuzatildi 600–700 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx poytaxtimizning dehqon bozorlarida qayd etildi — 1500 soʻmgacha.

Kartoshka 2500 soʻmdan 15 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy dehqon bozori, Jizzax viloyati dehqon bozori, Toshkent viloyati markaziy dehqon bozorida qayd etildi — 2500–2800 soʻmdan sotilmoqda.

Eng qimmat narx Toshkent shahri dehqon bozorida kuzatildi — 15 000 soʻmgacha koʻtarilgan.

Pomidor 10 000 soʻmdan 26 950 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax viloyati, Xorazm viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi — 10 000 soʻmdan 12 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkent viloyati va Toshkent shahri dehqon bozorlarida qayd etildi — 26 000-26 950 soʻmgacha sotilmoqda.

Piyoz 1000–7000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari markaziy dehqon bozorida kuzatildi — 1000–1500 soʻmgacha.

Eng qimmat narx Navoiy viloyati dehqon bozorida qayd etildi — 7000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bodring 4000–30 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Fargʻona viloyati markaziy bozorlarida kuzatildi – 1 kg bodring 4000 soʻm.

Eng qimmat narx Toshkent shahri markaziy bozorlarida boʻlib, 30 000 soʻmgacha koʻtarilgan.