Infratuzilma qurilishi va ilk loyihalar ko‘zdan kechirildi
Davlatimiz rahbari Yangi Toshkent shahrida transport infratuzilmasi va muhandislik tarmoqlari qurilishi bilan tanishdi.
Joriy yil 3-aprel kuni Yangi Toshkent shahrida ilk inshootlar qurilishi boshlangan edi. Davlatimiz rahbari bu ulkan loyiha ilm va ta’lim maskanlaridan boshlanayotganiga urg‘u berib, “bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, - degan edi.