O'tgan kun davomida 90 dan ortiq yangi yong'in o'chog'lari yuzaga keldi. Shaharlar tutun bilan qoplangan, qishloqlar vayronalarga aylangan, o't o'chiruvchilar yong'in tarqalishini to'xtatishga urinmoqda.
Yong'in yirik shaharlarga yaqinlashib bormoqda. Afina chekkasida 80 yoshli cho'pon vafot etdi. U chorvasini saqlab qolmoqchi bo'lganida tutundan bo'g'ilib qolgan. Gretsiyaning ikkinchi yirik shahri Salonikini ham tutun qopladi. Fojia mamlakat orollarini ham chetlab o'tmadi. Rodosda yangi yong'inlar ro'y berdi. 20 mingga yaqin sayyoh evakuatsiya qilindi.
Rasmiylar fuqarolarning o'rmon va tog'larga borishni taqiqladi. U yerda hozir ayniqsa xavfli. Yong'in soatiga taxminan 60 kilometr tezlikda tarqalmoqda. Harbiylar va o't o'chiruvchilarning sa'y-harakatlariga qaramay, vaziyat yanada og'irlashmoqda.
Ruminiya Gretsiyaga yordam berish uchun o'z o't o'chiruvchilarini yubordi. Bundan tashqari, Germaniya, Shvetsiya, Chexiya va Xorvatiyadan yordam kutilmoqda. Gretsiyaga Moldova ham yordam bermoqchi, deb xabar beradi mir24.tv.