Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi

    Xalqaro hamkorlik 29 Aprel 2025 930

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gretsiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Paraskevi Tzevelek xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

    Uchrashuvda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va taʼlim sohalarida hamkorliklarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Toshkent shahrida Gretsiya Elchixonasining ochilishini olqishlaymiz va bu qadam mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz. Hurmatli elchi xonimga Oʻzbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tilaymiz, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.