баннер
16 Apr 2025
20:18

    Guanchjoudagi festivalda Oʻzbekistonning stendi gʻolib deb topildi

    Turizm 10 Aprel 2025 445

    Guanchjou shahrida oʻtkazilgan “Xalqaro madaniyat kuni” festivalida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi.

    Mazkur festival Malayziya, Tailand, Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya, Braziliya, Meksika kabi 20 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan ishtirokchilarni bir joyga toʻpladi.

    Oʻzbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Guandun provinsiyasi universitetlarida taʼlim olayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikda mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va uning hududlari boʻylab sayohat qilish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

    Festivalning eng yorqin hamda mashhur stendlaridan biriga aylangan Oʻzbekiston stendida, xalq hunarmandchiligi, amaliy-bezak sanʼati namunalari, shuningdek, qandolat mahsulotlari, quruq mevalar va milliy taomlar namoyish etildi.

    Ishtirokchilarning alohida eʼtiborini Buyuk Ipak yoʻlining Samarqand, Buxoro va Xiva kabi mashhur shaharlaridagi tarixiy yodgorliklarga, shuningdek, madaniy, ekologik va gastronomik turizmga bagʻishlangan dasturlar jalb etdi.

    Festival yakunida Oʻzbekiston stendi “Eng nafis dizayn” nominatsiyasida gʻolib deb topildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech