Guljanoy Naimova — Paralimpiya oʻyinlarining ikki karra sovrindori!

    Sport 1 Sentabr 2024 277

    Mahoratli para taekvondochimiz Guljanoy Naimova Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi medalini qoʻlga kiritdi.

    K44 klassida +65 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz britaniyalik Emi Tryusdeylga qarshi chempionlik jangida jarohat sabab bahsni yakunlay olmadi va kumush medal bilan taqdirlandi.

    Taʼkidlash joiz, bu Guljanoy uchun Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi medal boʻldi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u oltin medalga ega chiqqan edi.