Poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida xonanda, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Gʻulomjon Yoqubov tavallud sanasi munosabati bilan katta konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Musiqiy oqshomda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston xalq artisti Gʻulomjon Yoqubovni mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmonini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov oʻqib eshittirdi.
Unga koʻra, Gʻulomjon Yoqubov milliy qoʻshiqchilik sanʼatimizni rivojlantirish borasidagi xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva mukofotni sanʼatkorga topshirdi.
Maʼlumot uchun, Gʻulomjon Yoqubov 60-yildan buyon sanʼat yoʻlida xizmat qilib kelmoqda.