Gaagadagi Xalqaro sud Janubiy Afrika Respublikasining G'azo sektoridagi genotsid bo'yicha Isroilga qarshi vaqtinchalik choralar ko'rish haqidagi da'vosi bo'yicha vaqtinchalik qaror chiqardi. Sud genotsid konvensiyasiga muvofiq, Isroilga G'azoda genotsidning oldini olish, falastinliklarga qarshi genotsid chaqiriqlarini jazolash, hudud aholisiga insonparvarlik yordami oqimini ta'minlash, shuningdek, Falastinga qarshi harakatlar sodir etganlikda ayblangan dalillarni saqlab qolish uchun barcha choralarni ko'rishni buyurdi. BMT sudi Janubiy Afrika Respublikasining da'vosi asosida Isroilni G'azo sektoridagi harbiy amaliyotini to'xtatishga majburlamadi, deb xabar beradi ria.ru.
“Xalqaro gumanitar huquq, jumladan mutanosiblik tamoyillari va hujumlar paytida ehtiyot choralari doimo hurmat qilinishi kerak. Va Xalqaro sudning majburiy qarorlari ijro etilishi kerak”, dedi Guterrish.