Ushbu oʻquv kursda kambagʻal va ishsiz fuqarolarga issiqxonalardan foydalanish tartibi va ularning agrotexnikasi haqidagi tegishli bilim va koʻnikmalar beriladi.

Mazkur oʻquv kursda joriy yilning 17-avgustdan boshlab oʻqish jarayonlari boshlanadi.

Tuman hokimi Bekzod Suyunov mazkur oʻquv kursi ishtirokchilari bilan yaqindan tanishib, birinchi dars mashgʻulotini oʻzi oʻtdi.

Dars davomida fuqarolar oʻz fikrlarini bayon etib, Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan bunday imkoniyat va sharoitlar uchun minnatdorchiliklarini bildirdi.

— Bizga imtiyoz asosida issiqxonalar qurib berilayotganligi bilan bir qatorda kasbga oʻqitilayotganligi kelgusida ushbu kasbimiz orqali daromad olishimizni yana-da kafolatlaydi — deydi mashgʻulot ishtirokchilaridan biri.