Mazkur korxona ochilishida tuman hokimlik vakillari, keksa nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
— Ayni paytda korxonamizda asosan “Ayollar va yoshlar daftari”ga kiritilgan 50 nafar xotin-qizlar bandligi taʼminlandi. Faoliyatimizni kengaytirib, yangi ish oʻrinlarini yaratish niyatidamiz. Tez kunda korxonamiz ishchi xodimlarini 100 nafarga yetkazamiz, maqsadimiz mamlakatimiz ichki bozoriga arzon va sifatli mahsulot yetkazib berish, — deydi “Ismat ota va Saida ona” MCHJ rahbari, tadbirkor Jamol Mahmudov.