Soat 21 lar atrofida davo muolajalari davom etayotgan paytda jarayonga xalaqit berayotgan bemorning 25 yoshlar atrofidagi oʻgʻli va anesteziolog-reanimatolog shifokor T.H. oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqqani oqibatda bemorning oʻgʻli shifokorga musht koʻtargan.

Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, shifokor “kalla va bosh miya shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, burun suyagining ochiq sinishi, burun asosi ezilib, yirtilgan jarohati, yuqori jagʻ oʻngdan qoziq tishning travmatik sinishi, ikkala qovoq-burun asosi gematomalari” tashxisi bilan travmatologiya boʻlimiga yotqizilgan.

Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi mazkur holatni oʻz nazoratiga olgan.