— Bu yil tumandagi 333 fermer xo'jaligi tomonidan 6500 gektar maydonga chigit ekishni mo'ljallaganmiz. Mo'l hosil etishtirishning asosiy omillaridan biri navni to'g'ri tanlash va o'z vaqtida ekish, — deydi tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari Zavqiddin Bo'riev. — Yillar davomida orttirilgan tajribaga binoan dehqonlarimiz bu yil g'o'zaning “Buxoro-6” va “Buxoro-10” navlarini ekishni rejalashtirilgan. 

Ayni paytda tumandagi M. Raxmonov hududidagi "Rustam bobo nabirasi Davron" va Oxunboboev hududida faoliyat olib borayotgan "Mirkomil UA" fermer xo'jaliklarining dala maydonlarida chigit ekilmoqda.