баннер
2 Apr 2025
04:36

    Gvatemalada avtobus jarlikka qulab tushdi, oqibatda 51 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Gvatemalada avtobusning halokatga uchrashi oqibatida kamida 51 kishi hayotdan ko'z yumdi, deb xabar bermoqda Reuters.

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, avtobus San-Agustin Akasaguastlan shahridan mamlakat poytaxti Gvatemala shahriga ketayotganda ko'prikdan jarlikka qulab tushgan.

    Mahalliy nashrlarning yozishicha, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo'qotgan. Avtobus bir nechta avtomobil va metall ko'prik panjarasiga borib urilgan, so'ngra kichik daryo oqib o'tadigan jarlikka qulab tushgan.

    Voqea joyidan olingan suratlarda avtobus qisman suvga botganini ko'rish mumkin. Taxminlarga ko'ra, hodisaga avtobus tormozining nosozligi sabab bo'lgan.

    Hodisa oqibatida kamida 36 erkak va 15 ayol halok bo'ldi. Gvatemalada uch kunlik milliy motam e'lon qilindi, deb xabar beradi centralasia.media.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech