Gvineyadagi stadionda yuz bergan ommaviy mushtlashuv oqibatida o'nlab odam halok bo'ldi

    Gvineya janubi-sharqidagi Nzerekore shahrida futbol o'yini chog'ida muxlislarning ommaviy mushtlashuvi yuz berdi va o'nlab odam halok bo'ldi.

    Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.

    Ma'lumotlarga ko'ra, voqeaga hakamning bahsli qizil kartochka ko'rsatgani, keyin esa jamoalardan birining darvozasiga penalti belgilagani muxlislar o'rasida mushtlashuvning yuzaga kelishiga sabab bo'lgan.

    Politsiya ularni ajratish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi. Shu bois muxlislar stadiondan qochishga shoshilishdi va chiqish joylarida tirbandlik paydo bo'ldi. Ko'pchilik bo'g'ilishdan yoki tashqariga chiqishga urinayotganda stadion devoridan yiqilib halok bo'ldi, xabar beradi report.az.

    Jasadlarni aniqlashdagi qiyinchiliklar qurbonlarni aniq hisoblashni qiyinlashtirmoqda.

    “U yerda 100 ga yaqin jasad bor. Ba'zilari koridorlarda polda yotibdi. O'likxona to'lib ketgan”, dedi shifokorlardan biri AFPga.