Unga koʻra, ushbu hafta davomida Respublika boʻyicha iliq va assan quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Havo harorati asosan kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq, baʼzi joylarda 22 daraja iliqqacha boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida 11-12-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 13-14-martda yogʻingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda: bugun va ish haftasining oxirigacha yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan biroz oʻrtacha tezlikkacha esadi. Harorat kechalari 6-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliqqacha boʻladi.