Faqat bugun kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda va 14-yanvar – shanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.

Havo harorati bugun kunduzi 10-13 daraja iliq, seshanba va chorshanba kunlari 15-18 daraja iliq atrofida boʻladi. Harorat asosan kechasi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Haftaning ikkinchi yarmida ob-havo oʻzgarishi kutilmoqda. 15-16-yanvarda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, 16-yanvarda qorga aylanadi) boʻladi. Havo harorati 15-yanvarda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 16-yanvarda kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ayrim joylarida 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Toshkentda: bugun kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻadi. Havo harorati 11-13 daraja iliq boʻladi.

13-14-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 3-5 daraja iliq, kunduz kunlari 15-18 daraja iliq boʻladi.

15-yanvarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja iliq boʻladi.

16-yanvarda yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.