Harorat foni iqlim meʼyorlaridan 8-10° ga koʻp boʻladi va 15-20° iliq, janubda 22-27° iliq atrofida boʻladi.

16-fevraldan 18-fevralgacha Eron hududlarining janubidan juda iliq havo kirib kelishi kuchayadi.

18-fevral kuni eng issiq kun boʻlishi kutilmoqda. Oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati meʼyordan 13-15° ga koʻp boʻladi va meteorologik kuzatuv davri uchun shu kunlarning mutlaq qiymatlaridan koʻp boʻladi.

Ish haftasining oxiriga kelib, ob-havo sharoiti keskin oʻzgarishi kutilmoqda.

18-19-fevral kunlarida bosim oʻzgarishida respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.