“Haj” va “Umra” ziyoratlari bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlandi

    Huquq-tartibot idoralari tomonidan joylarda “Haj” va “Umra” ziyoratlariga noqonuniy yuborish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahrida yashovchi, 1966-y.t. O.S. mahalliy fuqaro hamdauning onasini turizm yoʻnalishida faoliyat yurituvchi MCHJ orqali 2025-yilgi “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga farz amallarini bajarish uchun yuborish evaziga 10 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviydalillar bilan ushlandi.

    Boshqa holatda esa, Guliston shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi taʼsischisi Gʻ.A. tegishli litsenziyagaega boʻlmasada, Sirdaryo tumanida yashovchi fuqaro va uning 4 nafar qarindoshini “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 6000 AQSH dollari talab qilib, oldindan 400 AQSH dollari va 1,3 mln. soʻm olayotgan vaqtida ushlandi.

    Bunday noqonuniy holatlar Surxondaryo viloyatida ham qayd etildi. Xususan, Sariosiyo tumanidagi sayyohlikfirmasi ishchisi D.R. hech qanday vakolati boʻlmasada, mahalliy fuqaroni “Umra” amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 1100 AQSH dollari va 200 ming soʻm olayotgan vaqtida ushlandi.

    Denov shahridagi sayyohlik firmasi rahbari Sh.Q. 1975-y.t. fuqaroni “Umra” safariga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 1000 AQSH dollari va 1 mln. 280 ming soʻm olgan vaqtida ushlangan boʻlsa, Denov tumanida yashovchi, 1990-y.t. X.N. oʻzganing ishonchiga kirib, unga oʻzi ishlayotgan sayyohlik yoʻnalishidagi MCHJ orqali “Umra”ga borishlik uchun imtiyozli yoʻllanmasi borligini aytib, uni Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborish evaziga 1200 AQSH dollari va 650 ming soʻm olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.