“So'g'diyona” klubi OFK kubogi o'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashayotganidan xabaringiz bor, albatta. Jizzaxliklar navbatdagi bosqich – hududlararo pley-off yarim finalida Honkongning “Istern Long Layns” klubi bilan bahslashadi. Bu o'yin 6 sentyabr` kuni Jizzaxda bo'lib o'tadi.
Bugun ushbu bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi. Bosh hakam Ahmad Alali (Kuvayt), unga qanotlarda Abbos G'olum (Kuvayt), YOqub Almutairi (Kuvayt) yordam beradi. Zaxira hakami Ali Reda (Livan). Hakamlar nazoratchisi Ismoil Safiri (eron) va uchrashuv komissari Bashir SHafiq Abdul Xoliq (Livan).
“So'g'diyona” honkongliklarni mag'lub etsa, yarim final – hududlararo pley-off finalida Malayziyaning “Kuala Lumpur” va Indoneziyaning “Makassar” jamolari o'rtasidagi o'yin g'olibi bilan uchrashadi. Bu o'yin ham Jizzaxda, 5 oktyabr` kuni o'tkazilishi mumkin.