Marokashlik jurnalist Xolid Beydunning yozishicha, ushbu mamlakat terma jamoasi va “CHelsi” klubi yarim himoyachisi Hakim Ziyosh jahon chempionatidagi ishtirok uchun oladigan 325 ming dollar mukofot pulini o'z mamlakatidagi kambag'allarga xayriya qilmoqchi.

Ziyosh 2015 yildan beri milliy jamoada o'ynagani uchun pul olmaydi. U Marokash FF bergan barcha mukofot pullarini xayriyaga sarflaydi.

eslatib o'tamiz, Marokash Qatarda o'tayotgan jahon chempionati yarim finalida Frantsiyaga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Jamoa ertaga Xorvatiya bilan 3-o'rin uchun bahs olib boradi.