Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko'ra, Tomasdottirga saylovchilarning 32,8 foizi ovoz bergan. Uning eng yaqin raqibi, sobiq bosh vazir Katrin Yakobsdottir 25,7 foiz ovoz to'plagan.

Ikkinchi marta prezidentlik uchun kurashayotgan Tomasdottir ikki to'rt yillik muddatdan so'ng iste'foga chiqqan Gvyudni Torlatsius Yougannessonning o'rnini egallaydi. Tomasdottir Islandiyani boshqaradigan ikkinchi ayolga aylanadi, deb xabar beradi mir24.tv.