Bu haqda otorinolaringolog-jarroh Jan-Rene Mile ma'lum qildi.
Chekish halqum saratonni qo'zg'atuvchi eng muhim omil bo'lib, agar unga spirtli ichimliklarni iste'moli ham qo'shilsa, kasallik xavfi bir necha baravar ortadi, dedi mutaxassis.
Kimyoviy korxonalar ishchilari ham zaharli moddalar muhitida nafas olishsa, ular ham ana shunday xavfga duchor bo'lishlari mumkin.
Mile halqum saratoni irsiyat tufayli ham yuzaga kelishini aytdi. Qarindoshlari ushbu kasallikdan aziyat chekadiganlar sog'lig'iga e'tiborli bo'lishlari kerak.
Shifokorning aytishicha, kasallikning birinchi belgilari, ovoz xirillashi hamda hiqildoqda noqulaylikning yuzaga kelishi bilan namoyon bo'ladi. Kasallikning keyingi bosqichlarida bo'ynidagi limfa tugunlari kattalashadi.
Mutaxassis agar bezovta qiluvchi hislar bir oy ichida yo'qolmasa, otorinolaringologga murojaat qilish va endoskopik tekshiruvdan o'tish kerakligini ta'kidladi, deb xabar beradi mir24.tv.