Memorandum doirasidagi hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi oʻrtasida notariat sohasiga oid masalalar yuzasidan huquqiy yordam berish, tushuntirish va maslahatlar berish, tizim xodimlari uchun notariuslar bilan uchrashuv va seminarlar tashkil etish, tomonlar sohasiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning hamkorlikda koʻrib chiqilishi, aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha Media-reja tuzish, idoralararo aloqa hamda maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Seminar va matbuot anjumanlari AOKA anjumanlar zalida oʻtkaziladi. Tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi tashkil topgan kunning 1 yilligi, aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishda notariuslarning roli, shuningdek, noxolis, ishonchsiz va qonunchilikka koʻra taqiqlangan axborotlarni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilishining oldini olishga bagʻishlanadi.