Qarshi temir yoʻl vokzalidan kutib olingan gubernator boshchiligidagi delegatsiya bilan Qashqadaryo viloyat hokimligida ikki tomonlama muloqotlar boshlandi. Muloqot avvalida viloyat hokimi Murotjon Azimov mehmonlarga oʻz tashakkurini bildirdi. Bu kabi uchrashuvlar har ikki hudud rivojiga xizmat qilishini taʼkidladi.

Shuningdek, yakunda bir qator kelishuv memorandumlari imzolanib, yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olindi.

Kunning ikkinchi yarmida Qarshi shahrida “Oʻzbekiston (Qashqadaryo) – Xitoy (Anxoy) biznes-forumi oʻtkazildi. Unda soha vakillari oʻrtasida bir qator kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiyaning viloyatga tashrifi davom etmoqda.