Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Namangan viloyati perinatal markazi hamshirasi M.S. fuqaro F.ni sogʻliqni saqlash boshqarmasida ishlovchi tanishi orqali Kardiologiya shifoxonasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Namangan viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga qarashli “Maxsus zaxira bazasi” boʻlimi mudiri oʻrinbosari A.A. hamshira M.S.dan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.