Hamyurtimiz Javohir Sindarov 23-noyabrdan 17-dekabrga qadar amaldagi chempion Gukesh Dommaraju (Hindiston) bilan bahs olib boradi.

Musobaqa o‘tkaziladigan shahar hozircha aniqlanmagan. FIDE arizalarni 31-maygacha qabul qiladi.

Bu shaxmat tarixidagi eng “yosh” final boladi. Uchrashuv boshlanishida har ikki grossmeyster atigi 20 yoshda bo‘ladi.

Sport tadbirining umumiy budjeti 8,5 mln dollarga baholanmoqda, minimal mukofot jamg‘armasi esa 2,5 mln dollarni tashkil etadi.