Musobaqaning oxirgi kunida ogʻir vazn toifasidagi yoshlar medallar uchun kurash olib bordi.

Quvonarlisi, turnir yakunida hamyurtlarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻldi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati. Eslatib oʻtamiz, oʻsmirlar toifasidagi bahslarda ham dzyudochilarimiz birinchilikni qoʻlga kiritishgan edi. Soʻnggi kun dasturida shohsupaga koʻtarilgan yurtdoshlarimiz:

Oltin medal:

-100 kg: Rustam Shorahmatov

+100 kg: Mahmudjon Mahsudov

-70 kg: Barchinoy Qodirova

-78 kg: Shirinjon Yoʻldosheva

+78 kg: Fotima Quramboyeva

Kumush medal:

-81 kg: Shahzodxoʻja Sharipov

Bronza medali:

-81 kg: Ahror Ziyodullayev

-90 kg: Alisher Samanov

+100 kg: Abdulloh Xudoyorov

-63 kg: Sarvinoz Husanova

+78 kg: Mohlaroyim Toʻxtamisheva