Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda atoqli yozuvchi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Abdulla Qahhor haqida “Haqiqat mendan ustun” hujjatli filmi suratga olindi.

Mazkur kinokartina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida yaratilgan.

“Haqiqat mendan ustun” hujjatli filmi adib tavalludi kuni 17-sentyabrda Adiblar xiyobonida boʻlib oʻtadi.