Prezidentimizning har bir bayramga, shuningdek, diniy bayramlarimizni ko'tarinki ruhda nishonlashga bo'lgan e'tiborini yuksak baholashimiz mumkin.
Xalqimizning uzoq yillik an'analarini o'zida mujassam etgan bayramlarni davlat siyosati darajasida e'tiborga olinishi ayniqsa pandemiya sharoitida yuksak ahamiyatga ega.
Bunga munosib javob qaytarish uchun esa har birimiz uyda qolib, karantin qoidalariga amal qilishimiz lozim. Bu bilan o'zimizni ham o'zgalarni ham, yaqin do'stu-birodarlarimizni ham asragan bo'lamiz.
YUrtimizda shukuhi kezib yurgan Ramazon hayiti xalqimiz ma'naviy hayotida beqiyos o'ringa ega.
YUrtimizda bayramlar ko'p bo'lib, diniy, kasbiy va xalqaro turlarga bo'lingandir va ular muhim sanalar sifatida keng nishonlanadi.
SHu jumladan, har yili yurtimizda Ramazon va Qurbon hayiti bayramlariga alohida tayyorgarlik ko'riladi.
Bu yilgi bayramlarimiz avvalgilaridan farqli ravishda, oila davrasida kutib olinmoqda.
Buning sababi butun dunyoni koronavirus pandemiyasining paydo bo'lishi bilan bog'liqdir.
SHu sababli Ramazonni ham uyda, oila davrasida kutib oldik va o'tkazdik. Bu bir tomondan oila mustahkamligiga hizmat qilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan karonavirusning keng ommalashuvini cheklab turdi.
Milliy qadriyatlarimizga xos tarzda ahillik va hamjihatlik bilan o'tgan Ramazon qalblarimizga ezgulik va saxovat ulashdi. Xalqimiz bir musht bo'lib davlatimiz rahbari tashabbusi bo'lgan “Saxovat va ko'mak” umumilliy harakatiga imkon qadar xissa qo'shdilar.
Pandemiya sabab, qiyinchiliklarga, sinovlarga bardoshli, kuchli va qattiyatli ekanimizni butun dunyoga ko'rsata oldik. Boshqa ayrim davlatlar kabi yurtimizda katta talofatlar, minglab pandemiya qurbonlari bo'lmadi. Bu albatta davlatimiz siyosatining naqadar insonparvar ekanligini bildiradi.
Ushbu bayram har birimizning qalbimizda mehr-oqibat kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Mamlakatimizga pandemiya kirib kelgandan to shu kunga qadar o'zimizning tartib-intizomimiz, madaniyatimiz, hamfikr va bir musht bo'la olganligimiz bilan muqarrar ko'ngilsizliklarni oldi olindi. Sinovlarni mardonovor engishga erishib kelmoqdamiz.
Milliy - diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashimiz va ulug'lashimizni ushbu bayramni oila davrasida karantin qoidalariga amal qilgan holda o'tkazishimiz bilan amalda isbotlaylik!
Kamola Abduvalieva
"Milliy tiklanish" partiyasi
Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi